Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarida so‘nggi ikki haftada uch marta portlash yuz berdi. Bu haqda “Sangzor.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Sangzor.uz”

Foto: “Sangzor.uz”

Xususan, Jizzax shahridagi “Chuqur” nomi bilan tanilgan shoxobchada yuk mashinasini gaz bilan to‘ldirish vaqtida portlash yuz bergan. Xabar berishlaricha, portlash yuz bergan shoxobcha hozirgi vaqtda ishlamayapti.

Bungacha shaharning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida ham portlash yuz bergan. “Guvohlarga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida halok bo‘lganlar ham bor”, — deb yozadi “Sangzor.uz”.

“So‘nggi ikki hafta ichida uch marta sodir bo‘lgan portlashlar sabablari tegishli organlar tomonidan o‘rganilayotganiga ishonchimiz komil”, — deya qo‘shimcha qilingan sayt axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi