Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Iste’mol bozorida narxlarni barqarorlashtirishga ko‘maklashish fondi tashkil etildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

Yangi fond O‘zbekiston Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlari bilan ishonchli ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Fond yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilmoqda. Qarorga muvofiq, moliya vazirligi unga 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ taqdim etadi.

Ushbu mablag‘ asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklifning mavsumiy va boshqa keskin o‘zgarishlarini bartaraf etishga sarflanadi.

Birinchi navbatda, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, donli ekinlar, un, kartoshka, sabzi, piyoz, shuningdek, boshq ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarning narxlarini barqarorlashtirishga qaratiladi.

Ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy tovarlar narxlarini monitoring qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi fond mablag‘larini tasarruf qiladi. Komissiyaga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda