Germaniya qo‘shinlari Turkiyadagi aviabazadan olib chiqib ketila boshlandi
Turkiyadagi “Injirlik” aviabazasidan Germaniya harbiy qismlarining olib chiqib ketilishi boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Birinchi galda Turkiyadan Iordaniyaga samolyotlar olib o‘tiladi, shundan so‘ng “Tornado” razvedkachi-bombardimonchilari relokatsiyasi boshlanadi.
Shu paytga qadar “Injirlik”da bundesverning 260 askari turgan edi. Ular xalqaro koalitsiya missiyasi doirasida samolyotlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
