Yakkasaroy tumanida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilning 4-iyul kuni, taxminan, soat 11:00 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Albina Abdulazizova (ismlar o‘zgartirilgan) Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 33 000 so‘m pul evaziga fuqaro “R” va “ N” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.