Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkaziladigan San-Fermin festivali doirasidagi dastlabki buqalar poygasida ikki kishi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qizil xoch vakillarining so‘zlariga qaraganda, buqalar jabrlanganlardan birining ko‘kragini, boshqasining qornini yaralagan. Buqalarning shahar ko‘chalari bo‘ylab chopishi uch daqiqa davom etgan edi.
San-Fermin an’anaviy festivali buqalar poygasi bilan mashhur. Festival har yili 6–14-iyul kunlari o‘tadi.
Qoidaga ko‘ra, yosh yigitlar o‘z jasoratini isbotlash uchun buqalarning yonida yuguradi. Ammo buning oqibatida ko‘plab odamlar shifoxonaga yotqiziladi.