Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Paleontologlar Madagaskar orolidan kattaliga 7—9 metr, og‘irligi bir tonna keladigan, quruqlikda yashagan va tishlarining o‘lchami hamda tishlash kuchi bilan tirannozavrlarga bas kela oladigan qadimiy timsoh qoldiqlarini topdi. Tadqiqotga tegishli maqola Peerj jurnalida chop etildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Yura davrining boshqa ulkan timsohlari kabi “Razana” ham ozuqa piramidasining yuqori cho‘qqilarida turadigan yirtqich dinozavrlar bilan jangga kirib ularni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan”, — deydi Milandagi tabiiy tarix muzeyi xodimi Kristiano dal Sasso.

Timsohlar va dinozavrlarning yaqin qarindoshchiligi bor, ularning ajdodlari Trias davrining o‘rtasida ajralgan deya taxmin qilinadi. Olimlar uzoq vaqtga qadar birinchi dinozavrlar timsohlarga o‘xshamagan deya fikrda bo‘lgan, biroq yaqinda paleontologlar barcha dinozavrlarning ajdodi deya taxmin qilinayotgan, timsohga o‘xshash qoldiqlarni topdi.

Ushbu jonzotning “yuzi” deyarli bir metr uzunlikda bo‘lgan, biroq Mezozoy davrida yashagan boshqa ulkan timsohlarning uzun chanoq va jag‘lariga nisbatan qisqaroq. “Yuz”ning bu kabi tuzilishi uni timsohlarga emas, dinozavlarga ajdod ekanligni ko‘rsatgani bois, olimlar uning tirannozavr yoki spinozavrga emas aynan timsohlarning ajdodi ekanligini isbotlashlariga ancha vaqt ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...