Britaniyalik xonanda Elton Jon 8-iyul kuni Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tishi rejalashtirilgan chiqishini bekor qildi. Bunga shaharda G20 sammitining o‘tkazilishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Süddeutsche Zeitung gazetasi.
Shahar ma’muriyatining rad javobiga artistning samolyoti Gamburg aeroportida qo‘nishi sabab bo‘ldi. Shaharga 20 ta davlat rahbarlari kelishi bois bu yerda xavfsizlik choralari keskin kuchaytirilgan.
“Tashkilotchilar oxiriga qadar barchasi amalga oshishiga umid qildi. Ammo ko‘p noaniqliklar yuzaga keldi, va qaror qabul qilishga to‘g‘ri keldi”, — ma’lum qildi xonandaning matbuot kotibi.
Izoh (0)