Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida o‘zi haqidagi bir qator qiziqarli faktlarni oshkor etdi. Jumladan, qaysi Gollivud rejissorlariga havas qilishi, ilk gonorari, uni yig‘latgan film va hayotidagi eng ahmoqona ishi haqida gapirib berdi.
– Jahonga mashhur rejissorlar orasida bormi siz ishlashni istaganlaringiz?
– Vensan Kassel, Martin Skorseze filmlariga havas qilaman. Bizning o‘zbek filmlarimiz Kann xalqaro kino festivalida qatnashsa, deyman.
– Eng ahmoqona ishingiz?
– Bunaqa holatlar ko‘p bo‘ladi, biror nima qilaman-da, keyin nega shunday qildim-a, deb qolaman.
– Eng birinchi gonoraringizni nimaga sarflagansiz?
– “Jannat qaydadir” filmidagi ishtirokim uchun 400 000 so‘m gonorar berishgan va men uni onamga topshirganman.
– Eng sodiq muxlisangiz kim?
– Rostini aytsam, bundayini uchratganim yo‘q hali.
– Sizni yig‘latgan film?
– Shohruxxon ishtirokidagi «Fanat» filmi bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im bilan kartina oxirini tomosha qilib, g‘alati holatga tushib qoldik. Juda ta’sirli.
– Tasavvur qiling, sehrli ruchkangiz bor, ammo uning yordamida faqat bitta so‘zni yoza olasiz?
– Hayot! Oilam, onajonim, yaqinlarim, ijodim — barchasi jam bo‘lgan so‘z bu!
Izoh (0)