AQSh mudofaa vazirligi Afg‘onistonda amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea tafsilotlarini Reuters yozib chiqdi.
Birinchi toifali oddiy askar Xansen Kirkpatrik Alyaska shtatining Uasilla shahridan bo‘lib, 3-iyul kuni vafot etdi.
U Hilmand viloyatida amalga oshirilgan hujum chog‘ida yaralangan edi. Voqea taftish qilinmoqda.
Hilmandda ayni paytda hukumat qo‘shinlari AQSh maxsus mo‘ljal qismlari “Tolibon” jangarilariga qarshi og‘ir janglar olib bormoqda. Jangarilar afyunga boy viloyatni nazorat ostiga olishga urinmoqda.
Izoh (0)