15 yoshli chiptasiz yo‘lovchi Nigeriya poytaxti aeroportida ushlandi. U 1-iyul kuni Med-View Airline aviakompaniyasining Boeing-747 samolyotida Londondan Lagosga uchib kelgani aniqlandi, deb xabar beradi Yahoo News.
O‘sha kuni layner Lagosdan Londonga va Londondan Lagosga ikki reysni amalga oshirib, havoda jami 12 soat bo‘ldi. Parvozning qaysi bosqichida o‘smir shassi bo‘limiga kirib olgani hozircha noma’lum.
“Biz vaziyatni o‘rganmoqdamiz, bu qanday amalga oshirilganini va bunday holatlarni kelajakda qanday cheklash mumkinligini aniqlash uchun”, — dedi Nigeriya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (NCAA) vakili Sem Adurogboy.
Izoh (0)