2017-yilning 28-iyun kuni, taxminan, soat 16:30 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqaro Nargiza Jahongirova (ismlar o‘zgartirilgan) Yunusobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 40 000 so‘m pul evaziga fuqaro “U” va “A” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)