Chinoz tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz 1987-yilda tug‘ilgan Shermurod Boqiyev uyi oldida qarindoshi, 1983-yilda tug‘ilgan Mirali Qo‘chqorov bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Shermurod Boqiyev oshxona pichog‘i bilan Mirali Qo‘chqorovning qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar bermoqda.
Natijada jabrlanuvchi Mirali Qo‘chqorov “chap ko‘krak qafasi plevral bo‘shlig‘iga sanchilib kirgan jarohat” tashxisi bilan tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ish bo‘yicha keltirilgan ismlar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashliklar tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)