Samarqandning “Dinamo” futbol klubi O‘zbekiston kubogining yarim finaliga yo‘llanma oldi.
Chorak finalning birinchi o‘yinida “Mash’al” Samarqand shahridan minimal hisobdagi g‘alaba bilan qaytishga muvaffaq bo‘lgandi. Javob o‘yinida “Dinamo” futbolchilari 2:1 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa oldi.
Shu tariqa “Dinamo” yarim finalga yo‘llanma olgan birinchi klubga aylandi. Klub o‘tgan mavsumni quyi ligada o‘tkazib, shu yil hisobidan Oliy liga debyutantiga aylangandi.
Bugun, shuningdek, chorak final doirasida “Buxoro” va “Lokomotiv” klublari birinchi uchrashuvni o‘tkazdi. Unda hisob ochilmadi — 0:0.
O‘zbekiston kubogi Chorak final 4-iyul, seshanba
Izoh (0)