Gretsiya qirg‘oq qorovuli kateridan Turkiya bayrog‘i ostida suzayotgan yuk tashuvchi kemaga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Kema kapitani Xaluq Samining CNN Turk telekanaliga ma’lum qilishicha, voqea Egey dengizidagi Rodos oroli yaqinida ro‘y bergan.
Kapitan Gretsiya dengiz qorovulining Rodos shahrining xalqaro suvlardagi portiga kirish talabini bajarmaganidan so‘ng kemaga qarata o‘t ochilgan.
Voqea joyiga Turkiyaning ikki qo‘riqchi kateri yetib kelgan. Turkiya TIV gretsiyalik hamkasblari bilan aloqaga chiqib, voqeaga aniqlik kiritmoqda.
Izoh (0)