Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona Rossiya fuqaroligini olish haqida o‘ylab qoldi. Bu haqda “Lenta.ru” sayti “Sovetskiy sport”ning 3-iyuldagi soniga asoslanib ma’lumot berdi.
56 yoshli mutaxassis “Rossiya futbolni sevadi” loyihasi orqali mamlakatga tashrif buyurgan va Konfederatsiyalar kubogining final o‘yinida ishtirok etgan. Avvalroq Maradona Rossiya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekani haqida aytib o‘tgandi. Bunda u prezident Putinni kumiri sifatida tanishtirgandi.
Uyim devorida fotosuratlar bor. Ular orasidan Fidel Kastro va Vladimir Putin suratlari ham o‘rin olgan.Maradona 1986-yil Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. 2001-yil xalqaro futbol uyushmasi FIFA u va Peleni tarixdagi eng yaxshi futbolchilar deb e’lon qilgandi.Diyego Maradona, futbol yulduzi
Izoh (0)