Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2-iyul kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri U. Inoyatov 10–11-sinflarning joriy qilinishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Foto: UzNews

Foto: UzNews

Yig‘ilish chog‘ida vazir 10–11-sinflar tajriba tartibida gumanitar va aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarda ochilishini ma’lum qildi. 10–11-sinflarda faqat mana shu eksperimental maktablarni tamomlaganlar o‘qishi mumkin, boshqa maktab bitiruvchilari bu maktablarga o‘ta olmaydi.

Shunga muvofiq, ushbu maktablar direktorlari 10–11-sinflarga boshqa o‘quv muassasalaridan o‘quvchilarni qabul qilmaslik haqida kafolat xati yozib beradi.

Shuningdek, 3-iyuldan barcha litsey va kollejlarda hujjat qabul qilish boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?