“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasiga rais etib Tohirjon Jalilov tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Xoldingning oldingi rahbari Odilxon Rustamov eksport masalalari bo‘yicha Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng mansabni tark etdi.
Tohirjon Jalilov (1969-yili tug‘ilgan) ko‘p yillar mobaynida avtosanoat sohasida ishlab kelgan. Shu paytgacha u “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan edi.
Izoh (0)