“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayramida Huawei’ning O‘zbekistondagi kompaniyasi rahbariyati Farg‘ona vodiysi jurnalistlari bilan uchrashishga qaror qildi. Sanaga atab bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda vodiyning 60 nafardan ortiq jurnalisti hamda Farg‘ona viloyati rahbarlari ishtirok etdi.
Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi bosh direktori Van Pen o‘zining tabrik so‘zida jurnalistlarni “xalqning ko‘zi va qulog‘i” deb atadi. Ular mamlakat hayotidagi eng dolzarb va eng quvonchli voqealarni yoritib borishga intiladi, dedi kompaniya rahbari. Huawei kompaniyasi O‘zbekiston axborot va kommunikatsiyalar texnologiyalari mazvusini faol yoritgan jurnalistlarga eng oldi zamonaviy smartfonlarini, hamda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami sharafiga e’lon qilingan tanlovning finalchilariga rag‘batlantiruvchi sovrinlarni topshirdi.
“Jurnalistika juda mas’uliyatli va sharafli kasbdir. Jurnalistlar har kuni u yoki bu mintaqada ro‘y berayotgan muhim yangiliklardan xalqni va rahbariyatni xabardor etishi kerak. Kompaniyamiz Huawei hayotidagi voqealarni samimiy va ro‘y-rost yoritayotgan jurnalistlardan behad minnatdor. Ommaviy axborot vositalari orqali xalq kompaniyamiz haqida nafaqat telekommunikatsiya sanoatida yetakchi sifatida, balki ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli kompaniya degan fikrga kelmoqda va yanayam ko‘proq ma’lumotga ega bo‘la boshladi. Butun dunyoda bo‘lgani singari, Huawei O‘zbekistonda ham yosh avlodga ta’lim berishni qo‘llab-quvvatlash, tele-medetsinani rivojlantirish va boshqa muhim ijtimoiy sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etishga harakat qilmoqda. Biz bundan keyin ham ushbu yo‘limizda davom etamiz va shu yildan boshlab mintaqaviy ommaviy axborot vositalari vakillari bilan birgalikda hamkorlikni kuchaytiramiz”, — dedi janob Van Pen.
Ta’kidlash lozimki, bu yildan boshlab Huawei kompaniyasi mintaqaviy jurnalistlar uchun media-turni tashkil etishni rejalashtirgan. Ular shu yilning iyul oyi oxirida e’lon qilinadigan viktorina natijalariga ko‘ra tanlab olinadi. Mazkur viktorinada O‘zbekistonda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining muammolari va yutuqlarini faol yoritib borayotgan barcha jurnalistlar hamda mustaqil blogerlar qatnashishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi jurnalistlari bunday media turning birinchi mintaqaviy ishtirokchilariga aylanashi mumkin. Media-tur Xitoyning uchta shahrida o‘tkaziladi. U yerda jurnalistlar mamlakatning texnologiyalar sohasidagi yutuqlari, axborot va kommunikatsiyalar texnologiyalari inftratuzilmasining rivojlanishi, hamda Huawei kompaniyasining ushbu sektordagi tutgan ahamiyati bilan tanishishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, OAV vakillari Xitoyning madaniyati, tarixi va diqqatga sazovor joylari, shuningdek, xitoylik hamkasblari bilan tanishishi va ularning mamlakat hayotidagi muhim voqealarni yoritishdagi tajribasini o‘rganishi mumkin bo‘ladi.
Viktorina natijalari O‘zbekiston mustaqilligi bayrami arafasida “Axborot kommunikatsiyalari haftaligi – 2017” doirasida e’lon qilinadi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)