O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi barchani ochiq muloqotga chaqiradi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
1-iyul, shanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayev bilan birinchi bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensiya aloqasi o‘tkaziladi.
Qo‘mita jamoasi aholini o‘zlarini qiziqtirgan savollar, shikoyatlar va takliflar bilan Qoraqаlpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga faol murojaat qilishga chaqiradi.
Videokonferensiya aloqasi quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Andijon viloyati — Andijon shahri, A.Temur ko‘chasi;
Buxoro viloyati — Buxoro shahri, I. Mo‘minov ko‘chasi, 4;
Jizzax viloyati — Jizzax shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 63-uy;
Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahri, Nasaf ko‘chasi, 1A-uy;
Navoiy viloyati — Navoiy shahri, Ma’rifat ko‘chasi, 8-uy;
Namangan viloyati — Namangan shahri, Xiva ko‘chasi, 3-uy;
Samarqand viloyati — Samarqand shahri, Gulobod ko‘chasi, 56A-uy;
Sirdaryo viloyati — Guliston shahri, Guliston ko‘chasi, 2A-uy;
Surxondaryo viloyati — Termiz shahri, M. Qahhor ko‘chasi, 10-uy;
Toshkent viloyati — Zangiota tumani, Eshonguzar qo‘rg‘oni, Mustaqillik ko‘chasi, 23-uy’
Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, Al-Farg‘oniy ko‘chasi, 73-uy;
Xorazm viloyati — Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi, 62-uy;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Nukus shahri, To‘rtko‘l guzari, 121-uy;
Toshkent shahri — Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 2A-uy.
Unda ishtirok etish uchun, shuningdek, 1097 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Izoh (0)