Prezident Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” YoIH syezdidagi chiqishi davomida Xalqaro press-klub faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
“Yaqinda ish boshlagan Xalqaro press-klub menga juda yoqadi. Xalqaro press-klub orqali xalq vazirlarni taniyapti”, — ta’kidladi davlat rahbari.
“Shu tashkil qilingan Yoshlar ittifoqida ana shunday press-klub bo‘lishini tavsiya qilgan bo‘lardim”, — qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” YoIH faoliyatini to‘xtatib, uni O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga aylantirishga qaror qildi. Yangi tuzilmaning budjeti ikki barobarga kattalashtirildi. Yangi tuzilma raisi etib Qahramon Quronboyev saylandi.
Bundan tashqari, syezd chog‘ida 30-iyun kuni O‘zbekiston yoshlari kuni deb e’lon qilindi.
Izoh (0)