Ashxobodda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Xususan, Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning “O‘rta Osiyo – Yaqin Sharq” xalqaro koridorini yaratishga ishtirok etishga tayyorligi haqida gapirarkan, O‘zbekiston ishbilarmon doiralarini Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston–Hindiston gaz quvurini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif qildi.
Shuningdek, gumanitar sohada va sportda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalasi ko‘rib chiqildi. Abdulla Aripov o‘zbekistonlik sportchilar Ashxobodda o‘tadigan V Osiyo o‘yinlarida albatta ishtirok etishini ta’kidladi.
Izoh (0)