28-iyun kuni Ispaniyada qo‘lga olingan to‘rt nafar IShID tarafdorining biri Balear orollaridagi maydonda piyodalarga hujum uyushtirish rejalashtirilganini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, gumonlanuvchi Abdulqodir Mahmudiy Inka shahri meriyasi qarshisidagi maydonda sovuq qurol yordamida o‘tkinchilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Bunday xulosalarga huquq-tartibot organlari topib o‘rgan audiovizual materiallar tahlili asosida kelindi.
Ispaniya milliy sud kollegiyasi erkakni garovga ozod qilishdan mahrum qilgan holda hibsda tutib turishga hukm chiqardi.
Aytilishicha, qo‘lga olingan shaxslar 2015-yildan buyon kuzatib kelingan. To‘plangan materiallar tahlili natijasida ularning terror uyushtirish maqsadlari aniqlashtirilib, erkaklar Malyorka orolida qo‘lga olindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)