• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Dubayda galereya ochgan samarqandlik Natalya Andakulova BAAdagi art-biznes haqida

    Dubayda art-galereya ochgan samarqandlik Natalya Andakulova “Kommersant.uz” nashriga BAAdagi san’at bozori va Amirliklarda biznes yuritishning o‘ziga xos jihatlari haqida hikoya qildi.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Andakulova Gallery BAA aholisi va mehmonlarini O‘rta Osiyo san’ati bilan tanishtiradi. U O‘rta Osiyoda mazkur konsepsiyali yagona galereya. Natalya galereyani 2012-yilda tashkil qildi va besh yillik faoliyati davomida o‘z sohasida nom qozonishga erishdi: Andakulova Gallery vernisajlari va madaniy aksiyalariga san’at ixlosmandlari tashrif buyuradi, ularni Wall Street Journal, Financial Times, The National o‘z sahifalarida yoritib boradi.

    Natalya Andakulova Samarqand arxitektura shoh asarlari orasida ulg‘aydi va ular unda san’atga muhabbat uyg‘otdi. Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olish davomida u tasviriy san’at darslarini ola boshlaydi, ko‘rgazma va rassomlar ustaxonalariga boradi. Informatika yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tugatgan Natalya Londonga yo‘l oladi va u yerdagi Christie’s Education’da “Art-biznes” kursida tahsil oladi.

    Bugungi kunda Natalya galereya rahbarligini I.Ye.Repin nomidagi Peterburg davlat tasviriy san’at, haykaltaroshlik va arxitektura akademik institutidagi tahsil bilan uyg‘unlashtirmoqda.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Nega Dubay?

    — Galereya ochish g‘oyasi qanday paydo bo‘lganligi haqida hikoya qilsangiz?

    — Galereya — mening birinchi va yagona ish joyim. Asosiy g‘oya O‘rta Sharq jamiyatini O‘rta Osiyo rassomlari bilan tanishtirishdan iborat edi. Bizda iste’dodli rassomlar juda ko‘p va ularga bu hududda qiziqish katta. O‘zbekiston milliy tasviriy san’ati o‘ziga xos: kuchli maktab hamda tabiatimiz go‘zalligi va boy tarixidan kelib chiqadigan ranglarning g‘aroyib uyg‘unligi. Dubay Ibn Sino, Xorazmiy, Termiziy, Ulug‘bek, Amir Temur kabi ajdodlarimiz bilan tanish. Biroq men va galereyam uchun endi zamonaviy san’atni ko‘rsatib berish muhim.

    Bugun BAA art-bozori va madaniy hayoti juda tez rivojlanmoqda. Agar o‘n yil avval Dubayda bor-yo‘g‘i o‘nta galereya bo‘lgan bo‘lsa, bugun ularning soni yuzga yaqin. Yaqin vaqt ichida Dubayda Fransiyaning Luvr va Amerikaning Solomon Guggenxaym zamonaviy san’at muzeyi filiallari ochiladi. Zamonaviy san’at trendga aylanmoqda. Men kichikroq tadqiqot o‘tkazib, bu yerda O‘rta Osiyo san’atini namoyish etadigan galereya yo‘qligini payqadim. Shuning uchun bu bo‘shliqni to‘ldirishga qaror qildim.

    Andakulova Gallery’da uch toifadagi rassomlarning ishlari taqdim etilgan.

    Birinchi toifa — Griffe — dunyo tan olgan rassomlar.

    Ikkinchi toifa — Pure Luxury — galereya talablariga javob beruvchi rassomlar.

    Uchinchi toifa — yosh, kelajagi bor rassomlar. Ularga galereya o‘zini topishga, o‘z ijodiy salohiyatini kashf etishga yordam beradi.

    Galereyada ishlari namoyish etiladigan barcha rassomlar hududimiz bilan bog‘liqdir. Turli ko‘rinishdagi kollaboratsiyalar ham o‘tkaziladi, biroq ular ham u yoki bu shaklda O‘rta Osiyoga aloqadordir.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    BAAda biznes va san’at

    — Dubayda o‘z ishingni ochish va uni yuritish qanchalik qiyin?

    — O‘z ishimni ochish qiyin bo‘lmadi, uni yuritish esa butunlay boshqa masala. Qiyinchiliklar asosan moliyalashtirish bosqichida yuzaga kelgan.

    Galereyada ma’ruzalar, mahorat darslari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi, bu esa qo‘shimcha daromadga ega bo‘lish imkonini beradi. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan moliyaviy kompaniyalar ham homiylik qilib turadi.

    — Dubay hayotiga moslashishingiz qanday kechgan? Qanday afzalliklar va kamchiliklar bo‘lgan?

    — Ingliz tilini bilish, ma’lumotga egalik va albatta o‘z maqsadlarimga erishishdagi qat’iylik moslashishning muhim jihatlari bo‘lgan. Afzalliklari shundaki, barcha to‘lovlar, litsenziyani yangilash, audit, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish onlayn-rejimda amalga oshiriladi. Kamchiliklar ham bor — ijara qiymatining yuqori ekanligi.

    — BAAda biznes yuritishning o‘ziga xos jihatlari qanaqa? Ish yuritish qoidalari biznikidan kuchli farqlanadimi?

    — Biznes yuritish asoslari bir xil. Barchasini o‘z vaqtida bajarish, aniqlik, mukammallikka intilish har bir mamlakatda qadrlanadi.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    — Galereyangizdagi eng qimmatbaho eksponat qancha turadi?

    — Kartinalar narxi juda maqbul, bu esa ularni investitiyaviy jihatdan talabgir qiladi. O‘zbekiston biznesmenlariga maslahatim — san’atni kolleksiya qilishni boshlang. Bugungi kunda u qimmat turmaydi. To‘g‘ri, rassomlar haqida ma’lumot to‘plash, ustaxonalarga borish uchun vaqt topish kerak. Bu ham o‘ziga xos yoqimli jarayon.

    San’at asarlarini kolleksiya qilish nafaqat uy yoki ofisingizda ko‘zni quvontiradi, balki ziyoli, keng madaniy dunyoqarash sohib ekanligingizga urg‘u beradi. Qolaversa, bu yaxshi investitsiya ham.

    Ko‘pchilik san’atda hech narsani tushunmasligini ta’kidlashi mumkin. Bu normal holat. Kartina tanlash yoki butun bir kolleksiyani shakllantirishda yordam berishi mumkin bo‘lgan san’atshunoslar, art-ekspertlar bor. Amerikalik mashhur bankir va filantrop Devid Rokfeller Nyu-Yorkdagi savdolarda Mark Rotkoning kartinasini 72,8 million dollarga sotishga erishgan. Dastlab esa kartinani Zamonaviy san’at muzeyi mutaxassisi Doroti Millerning tavsiyasi bilan bor-yo‘g‘i 10 ming dollarga xarid qilgan.

    — Siz taqqoslash imkoniyatiga egasiz. Dubay va Toshkentdagi san’at muhiti o‘ziga xos jihatlarini qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?

    — Dubayda butun dunyo bo‘yicha turli-tuman rassomlar ishlarini namoyish etadigan va ilgari suradigan xususiy galereyalar ko‘p. Bunday keng ko‘lamli ishlar tufayli art-ekspertlar va san’at ixlosmandlari nima istayotganligi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

    Toshkentda esa art-kuratorlar bilan hamkorlikda eksperimental ko‘rgazmalar ko‘proq uyushtirilishini istardim. Ularda muhim masalalar ko‘tarib chiqilib, yangi texnologiyalar qo‘llanilishi mumkin.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    O‘zbekiston art-bozori kelajagi

    — O‘zbekiston san’at bozori holati va kelajagini qanday baholaysiz? Nimalarni o‘rganishimiz lozim?

    — Yuqorida ham aytib o‘tganimdek, kolleksiya to‘plash madaniyatini joriy etish lozim. Shuningdek, metsenatlik (homiylik) masalasi ham muhim deb hisoblayman. Xayr-ehson qiluvchi kishilar huquqiy maqomini mustahkamlovchi va ularga soliq imtiyozlarini taqdim etuvchi qonun zarur. Bunday qonun butun Yevropada amal qiladi va yaqinda Rossiyada ham qabul qilindi.

    O‘zbekiston xalqaro art-yarmarka, biyennale, rassomlar uchun tajriba almashuv rezidentsiyalarini o‘tkazishi, savodli xodimlarga ega bo‘lgan xususiy galereyalar ochishi lozim.

    — O‘zbekistonda qanday loyihalarni amalga oshirdingiz?

    — 2016-yilning oktabrida Andakulova Gallery O‘zbekiston badiiy akademiyasi ko‘rgazmalar zalining uchta maydonchasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazma uchun konseptual san’at loyihalariga tayyorgarlik jarayonini qo‘llab-quvvatladi. Ekspozitsiyaga Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi, MDH, Markaziy Osiyoning 40 ta mamlakati rassomlarining ishlari kiritildi.

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    Foto: N.Andakulova shaxsiy arxivi

    2016-yilning 17-noyabrida Dubaydagi Andakulova Gallery galereyasida O‘zbekistonning 25 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    — O‘zbekistonda galereya ochishni rejalashtirmayapsizmi?

    — Albatta, Toshkentda galereya ochishni istardim. Biz buning ustida ishlayapmiz, biroq hozircha bu masala moliyalashtirishga borib taqalmoqda.

    — San’atga bo‘lgan munosabatingiz? U siz uchun nimani anglatadi?

    — San’at mening hayotimda ulkan o‘rin egallaydi. Biroq galeriya sohibi uchun san’atni sevish kifoya qilmaydi, san’atning eng yaxshi namunalarini ilgari surish bilan jiddiy shug‘ullanish lozim. Ular orqali madaniyat, meros, dunyoqarash uzatiladi.

    — Yaqin vaqt ichida sizdan nimalar kutishimiz mumkin?

    — Hozirgi paytda mashur rassom, akademik Bahodir Jalilovning 70 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tayyorlanmoqdamiz. Shuningdek, Skira nashriyot uyi bilan hamkorlikda u haqidagi monografiyani tayyorlamoqdamiz. Kitob taqdimoti ko‘rgazma bilan bir vaqtda 2018-yilning noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

    29.06.2017, 15:15   Izoh (0)   11859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yuriy Stoyanov: “Ajoyib zamonaviy shahar bo‘lmish Toshkentga qoyil qoldim”

    27.06.2017, 10:29

    Nargiz Zokirova Moskva kinofestivalini vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq bilan ochib berdi (video)

    24.06.2017, 15:24

    “O‘zbekkonsert” xonandalarning qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida reydlar o‘tkazadi

    21.06.2017, 12:58

    Jenevada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)

    21.06.2017, 09:48

    Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi

    18.06.2017, 10:02

    Jeki Chan Ostonada lyuks avtomobil o‘rniga, shaharda do‘stlari bilan yurish uchun miniven so‘ragan

    16.06.2017, 11:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident maktablariga kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:12

    O‘zbekistonda 3 mingdan ziyod qadimiy tangalar noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:05

    “Jeff Bezos bizni unashtiruv bilan tabrikladi”. Maryam Tillayeva sevgan yigiti qanday qilib qo‘lini so‘ragani haqida gapirdi

    Shou-biznes | 23 iyul, 16:55

    Xitoylik xakerlar AQSH yadro xavfsizligi tizimiga hujum qildi — Bloomberg

    Dunyo | 23 iyul, 16:45

    “Milan”da 64 yil oldingi holat qayd etildi

    Sport | 23 iyul, 16:40

    Xorijiy mamlakatlar haqida sayyohlik bukletlaridan ham ko‘proq ma’lumot bera oladigan suratlar

    Layfstayl | 23 iyul, 16:30

    Argentinada Colgate tish pastasi turlaridan biri taqiqlandi

    Dunyo | 23 iyul, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.