Suriya hukumati AQSh tomonidan ilgari surilgan kimyoviy hujum tayyorlash haqidagi ayblovlarni inkor qildi. Bu haqda milliy yarashuv bo‘yicha davlat vaziri Ali Haydar bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Ilgariroq AQSh Suriya hukumat kuchlari mamlakat hududida kimyoviy hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Ali Haydar Suriya armiyasi hech qachon kimyoviy quroldan foydalanmaganini, bu ayblovlar diplomatik urushdan boshqa narsa emasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)