O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogining yarim finalidan joy olgan Portugaliya — Chili o‘yinida ishlaydi, deb xabar berdi FIFA sayti.
Rossiyada davom etayotgan musobaqaga Ermatov videoassistent sifatida taklif etilgan bo‘lib, bungacha Germaniya ishtirokidagi ikki uchrashuvda ishlagandi: Germaniya — Avstraliya va Chili — Germaniya.
Portugaliya va Chili termalari o‘rtasidagi o‘yin 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Ikkinchi juftlik — Germaniya — Meksika o‘yini 29-iyun kuni 23:00 da o‘tkaziladi.
Izoh (0)