AQShning Yel universiteti arxeologlari Bryusseldagi Qirollik muzeyi xodimlari bilan birgalikda toshga o‘yib yozilgan eng qadimiy Misr iyerogliflarini aniqladi. Al-Kab manzilgohidan topilgan epigrafikaning yoshi besh yilni tashkil qiladi, deb xabar beradi “Phys.org”.
Misr sivilizatsiyasining ilk bosqichiga oid monumental yozuvlar odatda ibodatxonalar, jamoat joylari devorlarida, xudolarning haykallarida va qabrlarda yozilgan. Bu rasmlar katta hajmda bo‘lib, ularda detallarga alohida e’tibor beriladi. Keyinchalik monumental iyerogliflar urfdan qolib, zamonaviyroq va qulayroq yozuv turlari qo‘llana boshlagan.
Yangi topilgan iyerogliflar katta hajmdaligi va balandligi bilan diqqatni tortadi. Ulardan ayrimlari yarim metr balandlikka ega. Ilgari olimlar ikki santimetr keladigan iyerogliflarni aniqlay olgan edi.
Shuningdek, arxeologlar ko‘plab tasvirlar ichidan fillarning rasmlarini topdi.
Izoh (0)