Gollivud filmlari Shimoliy Amerikada shiddat bilan ishqibozlarini yo‘qotib bormoqda, ammo chet elda borgan sayin ko‘proq kinozallarni to‘ldirmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bunday tendensiya Shimoliy Amerika kinoprokatida 2017-yil boshidan buyon kuzatilmoqda. “Transformerlar: Oxirgi ritsar” bunga yaqqol dalil bo‘ldi: AQShda birinchi uik-end uchun kassa yig‘imlari 69 million dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu franshizaning bundan oldingi filmi (2014) ko‘rsatkichlaridan 31 foizga kam. Xitoyda esa film shu davr ichida 123,4 million dollar ishlab topdi. Kartinaning umumiy kassa yig‘imlari shu paytga qadar 265 million dollarga yetdi.
“Forsaj 8”, “Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak aytmaydi”, “Mumiya 3” ham shu kabi natijalar qayd qildi. Ular ishlab chiqaruvchilarga deyarli daromad keltirmadi.
Chet el prokatida esa kassa yig‘imlari ancha yaxshi ko‘rsatkichlar qayd qilmoqda, lekin bu kinochilarning moliyaviy ahvolini yaxshilamayapti. Gap shundaki, AQShda kinostudiyalar chipta xaridlari tushumining 60 foizini oladi, chet elda esa bu ko‘rsatkichlar ancha past darajada. Masalan, Xitoyda kinoteatrlar daromadining chorak qismigina kinokompaniyalarga taqdim etiladi.
Izoh (0)