Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyun oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Iyun oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Ona qizim”, “Asragil”, “Taksi 5” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
12-iyun — 18-iyun oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)Rejissor — Aziz Rametov2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)Rejissor — Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor — Otabek Mirzaxolov
4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama)Rejissor — Akrom Shaxnazarov
5-o‘rin. “Yuzsiz” (drama)Rejissor — Durdona To‘laganova
Izoh (0)