Samarqand shahrida Ozarbayjon madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Ular O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi doirasida viloyat hokimiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi, deb xabar beradi “Jahon” agentligi.
Ochilish marosimida markaziy shahar bog‘ida ozarbayjon musiqasi konserti va milliy liboslar namoyishi o‘tkazilishi xabar qilindi. Dasturga, shuningdek, Samarqand davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki mamlakatning madaniy-adabiy aloqalariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya, Ozarbayjon haqidagi kitob kolleksiyasining mahalliy kutubxonalarga sovg‘a qilinishi va boshqa tadbirlar kiritilgan edi.
Samarqand markaziy bog‘ida o‘tkazilgan fotoko‘rgazmada Ozarbayjonning tabiati, tarixiy merosi va urf-odatlariga bag‘ishlangan turli fotojamlanmalar namoyish etildi. Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida an’anaviy ozarbayjon xonasi reproduksiyasi yaratildi, undan milliy gilamlar va boshqa atributlar o‘rin oldi.
Ozarbayjonning turli mintaqalaridan keltirilgan milliy buyumlar, liboslar va gilamlar, shuningdek, cholg‘u asboblari tashrifchilarning diqqatini tortdi. Ushbu mamlakatning madaniyati, tarixi va adabiyoti haqidagi kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari ozarbayjoncha qo‘shiqlar kuyladi.
Izoh (0)