Ispaniyaning Andalusiya muxtor jamoatidagi Moger munitsipalitetida avj olgan o‘rmon yong‘ini hududidan 2 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, olov Donyana milliy bog‘i hududini qamrab olgan. O‘t o‘chirishga 200 kishi va aviatsiya jalb qilingan.
Yong‘inning aniq sababi ma’lum emas. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)