21-iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II parlamentga moviy rangdagi, gul bilan bezalgan shlyapada keldi. Bu bosh kiyimi ko‘pchilikka Yevropa Ittifoqi bayrog‘ini eslatib yubordi, deb xabar beradi Meduza.
Muqaddam The Telegraph qirolicha Brexit tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan edi.
Twitter foydalanuvchilari shu axborotdan kelib chiqqan holda qirolicha o‘z bosh kiyimi bilan Britaniyaning Yevroittifoqdan ajralishi tarafdorlarining jig‘iga tegishga harakat qilgan, degan xulosaga keldi.
Izoh (0)