21-iyun kuni Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda sport: yangi vazifalar, olimpiya harakati va sog‘lom turmush tarzi” mavzusidagi anjumanda O‘FF vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev ham ishtirok etdi va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.
Sardor Hamidullayevichga O‘FF nega shaffof bo‘lishni istamasligi, terma jamoalar markazining yopilishi va bosh jamoaning mag‘lub bo‘lishi masalalarida nega hech kim tushuntirish bermasligi, mazkur masalalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil qilinib, mutasaddi shaxslar vaziyatga oydinlik kiritmasligi borasida savol bilan murojaat qilindi.
Bir narsani ta’kidlashni xohlardim: O‘zbekiston futbol federatsiyasida hamma narsa shaffof holatda. Har qanday vaziyatda istalgan ma’lumotni olish mumkin.“Erudit Sport” nashri jurnalisti O‘tkir Jalolxonov O‘FF xodimlaridan biri terma jamoa uchun sharoitlar yetarli emasligi va mana shunday ahvolda ishlayotgan Samvel Babayanga haykal qo‘yish kerak deb ta’kidlaganiga urg‘u berib, bosh murabbiyni dohiylashtirish shartmikin deb savol berdi.Ha, milliy terma jamoa bilan bog‘liq holat bu boshqa narsa. Biz bunga jiddiy yondoshishimiz kerak. Bunda sizga har qanday ma’lumotni berishimiz mumkin. Sizlar bemalol olishingiz mumkin.
Sardor Rahmatullayev, O‘FF vitse-prezidenti
Kim bunday fikr bildirgan bilmadim-ku, ammo futbol federatsiyasi tomonidan milliy terma jamoa uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Eng yaxshi sharoitlari hammasi milliy terma jamoa ixtiyorida bor. Men buni tasdiqlashim mumkin. Xohlasangiz, yig‘inlar vaqtida kelib ko‘rishingiz mumkin.Vitse-prezidentning ta’kidlashicha, O‘FFda OAVda nimalar berib borilayotganini monitoring qiluvchi bo‘lim mavjud. Bo‘lim gazetalardan tortib internet nashrlaridagi ma’lumotlargacha o‘qiydi va tahlil qiladi.Sardor Rahmatullayev, O‘FF vitse-prezidenti
Izoh (0)