Rossiyalik rassom Pokras Lampas Calligroof loyihasi doirasida Rimdagi Italiya sivilizatsiyasi saroyi tomida ulkan kalligrafik kompozitsiya yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
San’at asari videosi Fendi modalar uyi tomonidan suratga olindi.
Loyiha prodyuseri va rejissori Sergey Valyayevning so‘zlariga qaraganda, jamoa muzokaralar, taqdimotv a tayyorgarlikka bir yarim oy sarfladi, syomkaning o‘ziga esa ikki kun ajratildi. Kalligrafiyani yaratishga 550 litr sariq bo‘yoq ishlatildi, kompozitsiyaning umumiy maydoni esa 1250 kvadrat metrni egalladi.
Izoh (0)