22-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Tadbir mamlakatda shoshilinch va tez tibbiy yordam sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini chuqurroq o‘rganish, yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklardan aholini yaqindan tanishtirish hamda tizim oldida turgan vazifalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda aytilishicha, shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori malakali statsionar va 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam hamda 7 milliondan ziyod chaqiriqlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatilmoqda.
Tadbir davomida tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha Prezident tomonidan belgilangan aniq vazifalar ijrosi haqida ham so‘z yuritildi.
Izoh (0)