Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma’lum shaxslar asli qashqadaryolik bo‘lgan, hozirda vaqtincha Chilonzor tumanida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li orqali ochib kirib, u yerdan umumiy qiymati 17 million so‘mlik 7 turdagi sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini o‘g‘rilab ketgan, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Shuningdek, ular ushbu xonadonda mehmonda bo‘lgan Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli ichida 2 million so‘m puli va 11 ming AQSh dollari bo‘lgan sumkani ham o‘g‘rilagan.

Ichki ishlar organlarining tezkor ko‘rgan choralari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 1973 va 1974-yilda tug‘ilgan ikki nafar ayol sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi