BMT iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti aholi bo‘limi jahonda odamlar sonining o‘sib borish istiqbollari haqida hisobot e’lon qildi. Hisobot tafsilotlarini The South China Morning Post keltirmoqda.
Hisobotda aytilishicha, 2024-yilga kelib Xitoy aholi soni bo‘yicha jahonda birinchilikni Hindistonga boy beradi.
Yetti yil ichida Hindiston aholisi yuz million kishiga ko‘payadi.
BMT mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda jahonda 7,6 milliard odam yashamoqda. 2030-yilga kelib jahon aholisi soni 8,6 milliardga yetadi, 2060-yili bu ko‘rsatkich 9,8 milliardga, 2100-yili esa 11,2 milliardga yetadi.
Izoh (0)