O‘tgan yili Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari huquq-tartibot organlari tomonidan millionta atrofida terroristik va ekstremistik xarakterdagi materiallar joylashtirilgan 100 mingdan ortiq internet resusrlari aniqlandi va bloklandi. Bu haqda 21-iyun kuni Xalqaro press-klub yig‘ilishida ShHT Mintaqaviy aksilterrorchilik strukturasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
Uning ta’kidlashicha, kibermuhit xalqaro terrorchi tashkilotlar a’zolariga yoshlarni radikallashtirish, teraktlarni boshqarish singari vazifa va maqsadlariga erishishning oson yo‘llarini taqdim etmoqda.
“Biz tushunamiz, bu hozirgi kundagi eng samarador yo‘l emas, ammo bundan voz kechishni rejalashtirmayapmiz”, — dedi u.
Struktura direktori ShHTga a’zo davlatlarning kompyuter terrorchiligiga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi qo‘mondonlik o‘quvlari shu yilning dekabrida Xitoyda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilindi. Birinchi mashg‘ulotlar 2015-yil oxirida Sinminda o‘tgan edi.
ShHT tarkibiga Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi bilan ushbu tadbirlarning o‘tkazilish formati biroz o‘zgaradi.
“Har qanday darajadagi barcha tadbirlarimizda sakkiz mamlakat ishtirok etadi. Biz bu bir qadar kechroq, taxminan 1-yanvarda o‘tadi deb o‘ylagandik, ammo normativ-huquqiy bazaning chuqur o‘rganib chiqilishi hamkasblar a’zo bo‘lishining birinchi daqiqalaridanoq ishga kirishishi lozimligini ko‘rsatdi”, — qayd qilib o‘tdi Sisoyev.
Izoh (0)