Insider Pro dunyoning turli mamlakatlarida qamoqxonada jazo muddatini o‘tash turlicha bo‘lishini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Finlyandiyaning Suomenlinna qamoqxonasida tikonli simlar yo‘q, faqatgina u qadar baland bo‘lmagan panjara mavjud, shuning uchun ham bu yerni “ochiq qamoqxona” deya atashadi.
Norvegiyadagi Xalden qamoqxonasida mahbuslarga ovqat pishirishga, videoo‘yinlar o‘ynashga va basketbol bilan shug‘ullanishga ruxsat berishadi. Mahbus xonasi esa universitet yotoqxonasiga o‘xshaydi, maxsus yumshoq matraslar bilan ta’minlangan. Norveglar mahbuslarga nisbatan yaxshi munosabat bildirilsa ular jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishi mumkin deb hisoblashadi.
Yangi Zelandiyadaning Otago shahrida joylashgan axloq tuzatish markazidagi mahbusning xonasi o‘smirning yotoqxonasini eslatadi.
San-Pedro qamoqxonasi 20 yil oldin paydo bo‘lgan. U Boliviyadagi La-Pas shahrining butun boshli kvartalini egallagan. Kvartal baland devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida qo‘riqchilar yo‘q, ular faqat chegara qismida soqchilik qilishadi. San-Pedroda 3 mingga yaqin mahbuslar oilasi bilan yashaydi. Uning hududida ochiqdan ochiq giyohvand moddalar bilan savdo qilinadi.
Avstriyadagi adolat markazi arxitektura nuqtayi nazaridan boshqa qamoqxonalarga o‘xshamaydi. Binoning loyihachisi Jozef Xoushenn uni juda yoqin qilishni istagan. Qamoqxonaga kirishda mahbuslarning insoniy muomala huquqiga ega ekanligi va shaxsiy qadr-qimmatini hurmat qilishi kerakligini ta’kidlovchi ikkita yozuvga ko‘zingiz tushishi mumkin.
Ispaniyaning Aranxues qamoqxonasida bolalarga jazoga hukm etilgan oila a’zosi bilan qolishga ruxsat berishadi. Bu yerda bolalar bog‘chasi va maydonchasi mavjud, devorlarga Disney multfilmi qahramonlarining suratlari tushirilgan.
Indoneziyadagi Pondok Bambu ayollar qamoqxonasida jazo muddatini lyuks xonada yashab o‘tkazish mumkin. Ushbu xizmat pulli hisoblanadi. Pora berib u yerda yashaydigan ba’zi mahbuslar ham mavjud.
Uelsdagi Qirolicha qamoqxonasining o‘g‘ir eshiklarini hisobga olmaganda bu yer davlat maktabiga o‘xshaydi. Qamoqxonada mahbuslarning o‘qishi, sport bilan shug‘ullanishi, stol tennisi va bilyard o‘ynashi uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan.
Shvetsiyaning Sollentuna qamoqxonasi mahbuslarning o‘zlari ovqat pishirishiga, shuningdek, soatlab televizor yoki sportzalda vaqt o‘tkazishiga imkoniyat yaratib beradi.
So‘nggi yillarda Shveysariyaning Champ-Dolon qamoqxonasi to‘lib ketgani uchun hukumat 40 million dollar sarflab unga yangi qanot qo‘shdi.
Izoh (0)