O‘zbekistonlik fotosuratchi Ruslan Raxmatovning Black is Shadow fotoloyihasi (foto)
O‘zbekistonlik fotosuratchi Ruslan Raxmatov Black is Shadow (“Qora — bu soya”) fotoloyihasini taqdim etdi.
Black is Shadow — turli yosh, kasb va din vakillari aks etgan suratlar ketma-ketligidan iborat. Janr bo‘yicha bu portret, g‘oyasi bo‘yicha esa chehralarda aks etgan hikoyalardir. Loyiha ishtirokchilari Toshkentning oddiy fuqarolari, shuningdek, poytaxt mehmonlari. Ammo loyiha qatnashchilari orasida taniqli shaxslar ham bor. Ulardan biri O‘zbekistondagi UNICEF vakolatxonasi raisi Robert Fuderich bo‘lsa, boshqasi xonanda Dineyradir.
Odatda suratlardagi yuzlar go‘zallik va hashamat borasida musobaqalashadi, ammo loyihada fotosuratchi o‘ziga xos belgilardan minimum darajada foydalangan. Hikoyalarni bizga ko‘zlar va eng asosiysi, suratlarga singdirilgan his-tuyg‘ular so‘zlab beradi.
Ruslan Raxmatov — fotosuratchi, ko‘plab foto va medialoyihalar muallifi va ishtirokchisi, ular orasida shaxsiy fotosuratlar ko‘rgazmasi (2012-yil), “Chorrahalar. Street art” medialoyihasi (2013-yil), Black is Shadow ko‘rgazmasi (2015-yil) va boshqalar bor.
Izoh (0)