Kuvayt kassatsiya sudi Eron hamda Liviyaning “Hizbulloh” radikal guruhi foydasiga ayg‘oqchilikda gumonlanayotgan shaxsga nisbatan o‘qilgan qatl hukmini bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sud kollegiyasi apellyatsiya sudining qarorini ma’qullab, “al-Abdaliy guruhi” tashkilotiga a’zolikda gumondor shaxsga o‘qilgan hukmni umrbod qamoqqa almashtirdi.Shu bilan birga, ushbu guruhga aloqador 14 nafar amirlik fuqarosi 10 yillik qamoq jazosiga hamda 5 ming dinor jarimaga hukm qilindi.
Guruhning umumiy tarkibi 26 kishidan iborat edi.
Mamlakatda faoliyat yurituvchi “Al-Abdaliy guruhi” tashkiloti “Hizbulloh” bilan aloqador ekstremistik guruh hisoblanadi.
Izoh (0)