Le-Burjedagi aviasalonda Airbus kompaniyasi A380plus modelini namoyish etdi. Ushbu prototip qanotining yangi dizayni bilan mashhur, deb xabar beradi Meduza.
Yangi konstruksiya yoqilg‘i sarfini 4 foizga qisqartirish imkonini beradi.
Aviation International News portalida ma’lum qilinishicha, yangi qanot A380 bosib o‘tadigan masofani 555 kilometrga oshiradi yoki A380plus bortiga ko‘proq yo‘lovchi qabul qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, A380plus kamroq texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)