Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mingdan ziyod fuqaroni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, mazkur farmon musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Laylatulqadr (Qadr kechasi) munosabati bilan imzolangan.
Prezident farmoni bilan 1029 nafar turkmanistonlik afv etilgan.
Berdimuhamedov afv etilganlarning barchasini ozod etish va ular yaqin vaqt ichida uylariga qaytishlari uchun zarur choralarni ko‘rish haqida ko‘rsatma bergan.
Izoh (0)