Bokschi Floyd Meyvezer hamda UFC jangchisi Konor MakGregorlar o‘rtasidagi jang 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Sports.ru” sayti ma’lumot berdi. Avvalroq afsonaviy bokschi Mayk Tayson o‘zining Facebook sahifasida jang sanasiga oydinlik kiritib o‘tgandi.
Boks qoidalari asosida o‘tadigan jangga Las-Vegasdagi arena mezbonlik qiladi.
Floyd Meyvezer professional boksda 49 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan. Uning so‘nggi jangi filippinlik Menni Pakyaoga qarshi o‘tib, Meyvezer ochkolar hisobi bo‘yicha zafar quchgandi.
Aralash qoidalar jangchisi Konor MakGregor esa karyerasi davomida 24 ta jang o‘tkazgan va 21 g‘alabaga erishgan. Yana 3 ta jang irlandiyalik sportchining mag‘lubiyati bilan yakun topgan. Meyvezerga qarshi to‘qnashuv uning uchun boks qoidalari asosidagi birinchisi bo‘ladi.
Izoh (0)