AQShning Boeing korporatsiyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasini Boeing 787 Dreamliner samolyotlarining muvaffaqiyatli, avariyalarsiz ekspluatatsiyasi uchun mukofotladi. Bu haqda, aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” 2016-yili ikkita Boeing 787 Dreamliner samolyotiga ega bo‘lgan edi. 2016-yil sentabrida aviakompaniya ularning ekspluatatsiyasini boshladi.
Bugungi kunda ushbu laynerlarda Dubay, Dehli, Amritsar, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga reyslar amalga oshirilmoqda.
Shu yilning 27-iyulida “O‘zbekiston havo yo‘llari” Boeing 787 Dreamliner’da Toshkentdan Nyu-Yorkka birinchi to‘xtashsiz reysni amalga oshiradi.
2016-yili “O‘zbekiston havo yo‘llari” va Boeing hamkorlikning 20 yilligini nishonladi.
Izoh (0)