Xitoyda parkur bilan shug‘ullanish uchun eng baland trek o‘rnatildi. U Tyanmen tog‘ida joylashgan bo‘lib, uzunligi 300 metrni tashkil etadi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Trassa bo‘ylab birinchi bo‘lib avstraliyalik friranner Aleks Shauer o‘tdi.
Sportchi trassadagi barcha to‘siqlardan o‘tdi va tog‘ etagiga yetib keldi. U o‘zining Facebook’dagi sahifasida trassaning ba’zi qismlarida to‘plangan odamlar unga xalaqit berganligi, biroq hammasi yaxshi tugaganligidan xursand ekanligini ma’lum qildi. Yo‘l mahalliy aholi “Osmon darvozalari” deb atovchi tog‘ g‘origa qarab ketadi.
Izoh (0)