Gretsiyalik, niderlandiyalik va britaniyalik olimlar aeroportlar yaqinida yashovchi insonlar qanday xatar bilan to‘qnashishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Occupational & Environmental Medicine jurnalida chop etildi.
Samolyot dvigatellari shovqinining, ayniqsa tungi soatlarda, uzoq muddat ta’sir o‘tkazishi tufayli odamlarda yuqori qon bosimi paydo bo‘lishi va hatto insult ro‘y berishi mumkin.
Olimlar Afina xalqaro aeroporti yaqinida yashovchi 420 kishini tekshirib, shunday xulosalarga keldi. Ushbu aeroportdan kuniga chiqib ketadigan va u yerga qo‘nadigan samolyotlar soni 600 taga yetadi. Shuningdek, olimlar Yevropaning besh eng yirik havo qo‘nalg‘asi haqidagi ma’lumotlardan foydalandi.
Ishtirokchilarning taxminan 49 foizi ertalabki soatlarda 55 detsibeldan baland ovoz ta’sirini sezgan, tungi soatlarda esa ishtirokchilarning chorak qismi 45 detsibeldan baland ovoz ta’siri sezgan.
Izoh (0)