Qatarning Hamad porti BAA o‘rniga Ummon sultonligidan kelayotgan yuklarni qabul qila boshladi. 5-iyun kuni qator arab mamlakatlari qatori BAA ham Qatar bilan munosabatlarini uzganidan so‘ng mamlakat shunday chora ko‘rishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
12-iyun kuni Qatarga Ummonning Sohar portidan ilk yuk partiyasi yetib keldi. Shuningdek, bu maqsadlarda sultonlikning Salala portidan foydalanilmoqda.
Ilgari yirik yuk kemalari Dubayning Jabal Ali portiga kirib, so‘ng kichik tonnali kemalarga taqsimlanar va Qatar portiga yetkazilar edi.
Izoh (0)