Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening maxsus vakili Tosixiro Nikai bilan uchrashuv chog‘ida Shimoliy Koreyaning yadrosizlashuvini tirik qolish masalasi deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“KXDR denuklearizatsiyasi jahonda va shimoli-sharqiy Osiyoda tinchlikni ta’minlash uchun muhim, ammo Janubiy Koreya uchun bu tirik qolish masalasidir”, — ta’kidladi davlat rahbari.
Tosixiro Nikai Janubiy Koreya yetakchisiga Yaponiya bosh vazirining maktubini topshirdi. Unda KXDRga bosim o‘tkazishda davom etish zarurligini ta’kidlangani aytilmoqda.
Izoh (0)