“Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning farzandlari uch nafarga yetdi.

Foto: Google Images

Bunga qadar uning 6 yoshli o‘g‘il farzandi bor edi. Surrogat ona esa Krishtiga egizak farzandlar sovg‘a qildi.

O‘g‘il chaqaloq Mateo ismini oldi, qizga esa Yeva deb nom berishdi. Ronalduning o‘zi ayni paytda Portugaliya terma jamoasi qaramog‘ida bo‘lib, 17-iyun kuni start oladigan Konfederatsiyalar kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ronaldu hozirda ispaniyalik go‘zal Jorjina Rodriges bilan ishqiy munosabatlarda ekani ko‘pchilikka ma’lum. Dunyoga kelgan chaqaloqlarga kim onalik qilishi esa noma’lum bo‘lib turibdi. Jorjina va Ronaldu oila qurish pallasiga yetib kelganicha yo‘q. Surrogat ona borasida ma’lumotlar berilmagan.