Daryo

O‘zbekistonda donor qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

Qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishda sifatni taʼminlashga doir talablar alohida tarzda belgilandi

1 daqiqa o‘qish9 888 ko‘rishlar0 izoh0

“Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning “2022–2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmoni bilan donor qonini to‘plash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini xususiy tartibda ishlab chiqarishga taqiq bekor qilingan.

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Belgilanishicha, donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida ajratib olish, to‘plash, uning asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishga quyidagi talablarni bajargan yuridik shaxslar uchun ruxsat beriladi:

  • tibbiy hamda farmatsevtika faoliyati uchun tegishli litsenziyalarga ega bo‘lish;
  • “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”ning milliy talablariga muvofiqlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lish;
  • donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida plazmafarez usulida O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tibbiy texnika vositasida ajratib olish.

Shuningdek, qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishda sifatni taʼminlashga doir talablar alohida tarzda belgilangan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 23-apreldan kuchga kirdi.

2022-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha oshirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar